U yurakni qiynar, yana qiynar
Nega tuyg'ular, nega orzular
Sensiz yolg'iz, xazonda qolar?
Sog'inch, azoblar
Yurak seni eslar, yana eslar
Sog'inchimga ko'nmay
Yolg'iz seni tinmay
Yana baxt, yana dard
Kunlarimga qayg'u yonma-yon
Unutolmay seni hech qachon
Orzudan u seni so'rab
Qalbimda seni deb urar
Ojiz qalbimga o'zing kerak
Sog'inchimga yo'qdir darmon
To'kilgan xazonlardan
Olis bu osmonlardan
Ayt seni qaydan izlay?
Sog'inch, azoblar
Yurak seni eslar, yana eslar
Sog'inchimga ko'nmay
Yolg'iz seni tinmay
U yurakni qiynar, yana qiynar
Nega tuyg'ular, nega orzular
Sensiz yolg'iz, xazonda qolar?