Negadir yosh bola va yoki bemor
Gunoh ish qilgandek boqar javdirab
Ovozingni baland qildingmi bir bor
Ular hadik ichra qolar dovdirab
Yo'q axir ularning zarra gunohi
Mudrar qalblarida bardosh va sabot
Faqat mehrga zor ular nigohi
Kutganlari esa shafqat va najot