Yashin urgan daraxt
Yarador bo'ri
Qoyaga urilib
Yiqilgan burgut
Tanida bor bo'lsa
Hayotning nuri
Tangrim, sen ularni
Aylama unut
Yovuzga kuch berib
Zolimni qo'llash
Ehtimol Iblisning
Azaliy kasbi
Nochoru ojizga
Madadni yo'llash
Yaratgan Egamga
Xos erur asli
Butun bo'lolmadim
Jonim ham yarim
Lekin to'liq sezdim
Tiriklik sasin
Beozor do'stlarim-chumolilarim
Gurs-gurs qadam tashlang, Tangri qo'llansin