Bu dunyoda soddalar bisyor
O'tmishda ham uchragan ancha
Biri deydi: - Iqtidoring bor
Shuning uchun bergansan qancha?
Boshqasi der: - Aqling zo'r chindan
Gapni gapga rosa ulading
Jon og'ayni, yashirma mendan
Buning uchun qancha to'lading?
Deyman, yo'qdir ularning narxi
Ular - hayot, ular - zarurat
Lekin bordir ozgina sharhi:
Tekin erur nodonlik faqat