Bor edi bir so'kong'ich kishi
Nihoyatda xudbin, dilozor
Faqatgina so'kishdir ishi
Mahalla-ko'y bo'lgandi bezor
Oxir bir kun uch-to'rt azamat
So'kong'ichning berdi adabin
Jag'in bo'ylab yurdi u ko'p vaqt
Aytolmasdi lekin sababin
Kimdir dedi: - Falon ko'chada
Yashaydi bir yarimjon odam
Nafsing qonar balki o'shanda
U indamas qancha so'ksang ham